“Amaliy san'at ustasi" ko’rik-tanlovi o’tkazildi

Termiz davlat universitetida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o’rtasida o’tkazilgan “Amaliy san'at ustasi" ko’rik-tanlovining universitet bosqichi g'oliblari aniqlandi. 

Tanlov maqsadi talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyasiga ega bo'lgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, talabalarning nutqiy boyligi, ularning ma'naviy dunyosini boyitish, amaliy san'atga bo'lgan qiziqishlari, qobiIiyatlarini rivojIantirish, shuningdek, yigit-qizlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilikni yuzaga chiqarishdan iborat.

Natijalarga ko'ra, 1-o'rin Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi Maftuna O'ralova, 2-o'rin Yuridik fakulteti 1-bosqich talabasi Shaxnoza Mengliyeva, 3-o'rin Iqtisodiyot va turizm fakulteti 2-bosqich talabasi Behzod Jumayevga nasib etdi. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 33

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 49

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 32

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil