Termiz davlat universiteti Sport boshqaruvi kafedrasi katta o'qituvchisi Xudayberdiyev Shuhrat Mamayusupovichni Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli ilmiy kengashda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi, Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatli o‘yinlar vositasida valeologik madaniyatni shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Shuhrat Mamayusupovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog'lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!