Mazkur marafonni o‘tkazishdan maqsad - talabalarning ilmiy va innovatsion g‘oyalari, loyihalarini saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Tanlovda 52 nafar iqtidorli talabalarni birlashtirgan 22 jamoa o‘zlarining loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etishdi.
Marafonda eng yuqori natijalarga erishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin 10 000 000 so‘m;
2-o‘rin 8 000 000 so‘m;
3-o‘rin 6 000 000 so‘m.
Bizni kuzatishda davom eting!