Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” hamda “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash bo‘yicha asosiy tushunchalar va amaliy tavsiyalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMBI bo‘limi boshlig’i S.A.Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig’i I.T.Abduqodirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Oʻ.Xoliyorov, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!