Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakultetida talaba-yoshlar o’rtasida guruhlararo “Osh chempionati” tashkil etildi.
Mazkur musobaqa Besh muhim tashabbus doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Unda fakultetning oshpazlikda mahoratli talabalari milliy taomlarimizdan biri hisoblangan osh tayyorlash bo'yicha o‘zaro bellashishdi.
Chempionatda hakamlar hay'ati tomonidan eng mazali osh g'oliblari aniqlandi va diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!