Toshkent shahrida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika koʻrik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 280 nafar iste‘dod egalari o‘z loyihalari bilan qatnashdi.
Maxsus komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar orasida 100 nafar g‘olib saralab olindi. Ularga BHMning 20 baravari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Quvonarlisi, g‘oliblar safida Termiz davlat universitetining uch nafar talabalari - Kimyo fakulteti 3-bosqich talabalari Jasur Jalilov va Gulnoza Jalmatova hamda Milliy libos va san’at fakultetining 3-kurs talabasi Fazliddin Tursunniyozov ham bor.

G‘oliblar “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi” tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

G‘olib talabalar va ularning ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!