TerDU vakillari Ozarbayjonda.

Termiz davlat universitetining bir guruh olim va o‘qituvchilari 21-22-may kunlari Ozarbayjonga safari davomida AMEA bilimlar akademiyasi, Adabiyot instituti va Tilshunoslik institutida bo'lishdi.

Konferensiyada Ozarbayjon-O‘zbekiston adabiy aloqalari, Nizomiyshunoslik, matbuot tarixi va publitsistikasi, ilk realizm va zamonaviy ozarbayjon adabiyoti va boshqa mavzularda so’z yuritildi. 

Universitetimiz vakillari Adabiyot instituti ijrochi direktori Mehmon Hasanli, akademik kotib Aygun Bag‘irli va kafedra mudiri Almaz Ulvi bilan uchrashib, ilmiy-adabiy suhbatlar o‘tkazdi. 

Shuningdek, universitetimiz o’qituvchilari tashrif doirasida Boku davlat universiteti Filologiya fakultetining 2-3-kurs talabalariga "Yangi davr o'zbek va Ozarbayjon  adabiyoti", "Jadid adabiyoti", "O'zbek adabiyoti tarixi", "O'zbek folklori", "Jahon va Turkiy xalqlar adabiyoti" fanlaridan dars mashg'ulotlari o'tishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 35

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 50

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 33

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil