Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Texnologik ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi Haydarov Ramozon Mamayusupovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli ilmiy kengashda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Ramozon Mamayusupovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog'lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!