Loyiq Sherli — sanʼat va didga munosib shoir

Termiz davlat universiteti Rus va qardosh tillar fakulteti Tojik filologiyasi va sharq tillar kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirokida Loyiq Sheraliy tavalludining 82-yilligiga bagʻishlab “Loyiq — sanʼat va didga munosib shoir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda soʻz olgan Rus va qardosh tillar fakulteti dekani, professor P.Bakirov hamda Tojik filologiyasi va sharq tillar kafedrasi mudiri R.Abdullayev adibning hayoti va ijodiga toʻxtalib, uning isteʼdodli ijodkor boʻlganligini eʼtirof etishdi. 

Loyiq Sherali (tojikcha: Loiq Sheraly) 1941-yil, 20-mayda Panjakent tumanining Mazori Sharif qishlogʻida tugʻilgan. Uning “Koʻklam”(1966), “Ilhom”(1968), “Tilak”(1971), “Tashna koʻngil”(1974), “Sohillar”(1972), “Vatan tuprogʻi”(1975), “Yomgʻir tomchilari”(1976), “Yoʻlovchi”(1979), “Tosh sahifa”(1980), “Koʻz kulbasi”(1982), “Yorugʻ kun”(1984), “Qalb uyi”(1986), “Ona duosi”(1991), “Toʻlgan jom”(1991), “Men va daryo”(1991), “Ishq avvaliyu oxiri”(1994), “Sassiz faryod”(1997) nomli sheʼriy toʻplamlari hamda ikki tomlik “Kulliyot”i(2001) nashr etilgan. Sergey Yesenin, Yohan Volfgang Gyote, Eduardas Mejelaytis, Qaysin Quliyev, Yordan Milev, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Yevgeniy Yevtushenko, Erkin Vohidov sheʼrlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Abu Abdulloh Roʻdakiy nomidagi Tojikiston Davlat hamda xalqaro Nilufar mukofotlarining sovrindori. Tojikiston xalq shoiri. U 2000-yilning  30-iyunida vafot etgan.

Umrim yarmi gʻam bila armoniga ketdi,
Bir qismi yana sayr ila sayroniga ketdi.
Maylu niyatim moʻl edi ul yor bila, e voh,
U hammasi bir ahd ila paymoniga ketdi.

Tadbirda talabalar tomonidan adib ijodiyoti haqida sahna koʻrinishlari va musiqiy dasturlar namoyish etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 35

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 50

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 34

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil