"San'atga baxshida umr"

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Komiljon Xidirov faoliyatiga bag'ishlangan "San'atga baxshida umr" nomli ijodiy kecha bo'lib o'tdi.

Unda tashkilotchilardan ijodiy kechaning asosiy sababchisi ijodkor, bastakor, ham sozanda ham xonanda mohir pedagog Komiljon Xidirov, O'zbekiston bastakorlar va kompozitorlar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo'linmasi mutaxassisi Normurod Bakarov, sahnashtiruvchi rejissyor va boshlovchi Xusan Jumayev, Fakultet yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Bekbo'tayev Bahriddin, Milliy libos va sa'nat fakulteti dekan oʻrinbosari Z.Zoirov, Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri Abrurayim Tursunov, fakultetning professor-o'qituvchilari, mehmonlar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda ustoz tomonidan bastalangan "Tantana", "Odam topilmaydi", "Jim turing", "Har kimni dunyosi bor", "Dunyo", "G'animat", "Vatan", " Na foyda", "Azizim", "Surxon shabbodasi", "Sayri bog", "Kutaman", "Istiqlol qo'shig'i" ijro etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 35

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 50

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 34

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil