Talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Termiz davlat universitetida talabalarning  2022-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag‘ishlangan an’anaviy 49-ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.  IIkki kun davom etgan konferensiyaning kafedralar qoshida tashkil etilgan 30 dan ortiq sho‘balarida universitetning 1500 nafar magistr va bakalavr bosqichi talabalari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, fan sohasining dolzarb muammolari, vazifalari va istiqbollari haqida o‘rtoqlashdilar. 

Konferensiyada har bir sho‘ba bo‘yicha 1-, 2-va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalarga universitetning esdalik sovg‘alari topshiriladi. Yoshlarning ilmiy ishlarini to‘plam holatida nashr etish rejalashtirilgan. 

O‘tkazilgan ushbu ilmiy-amaliy anjuman ilm yo‘liga endigina qadam qo‘ygan izlanuvchi talaba-yoshlar hayotida muhim maktab vazifasini o‘tadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil