Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida universitet talabalari hamda doktorantlari tomonidan ishlab chiqilgan quyosh panellari va suv isitish qurilmalari bilan tanishilib, sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar bilan suhbat qilindi.
Oʻziga xos yondoshuv va innovatsion yechimlar yordamida ishlab chiqilgan uskunalar nafaqat energiya tejamkor, balki, elektr toki ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan ishlab chiqilgan.
Shuningdek, viloyat rahbari ushbu fakultet binosida “TENX CODERS” MCHJ tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “TENX PROJECT” dasturchi frilanserlar tayyorlash kurslari bilan tanishdi. Loyiha doirasida hozirgi kunda 120 nafar yoshlar dasturlar yaratish boʻyicha oʻqitilib, ularning oʻqishi va kasb egallashlari uchun har oyda 120 mlm soʻm ajratib berilmoqda.
“TENX CODERS” MCHJ tomonidan tomonidan yil kuniga qadar 500 ming dollarlik dasturiy mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat rahbari shu yerning oʻzida mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha taqdimotlar bilan ham tanishdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati