Termiz davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi o'qituvchisi Kenjabayeva Dilafruz Abdisalimovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli ilmiy kengashda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.
Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Dilafruz Abdisalimovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog'lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!