Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlanģich tashkiloti huzurida "Yosh yuristlar" klubi tashkil etildi.
Klub faoliyatining asosiy maqsadi «Ustoz-shogird» an’anasi asosida yosh huquqshunoslarga o‘z hayotiy tajribasi va «huquqshunos tili» doirasida muomala madaniyati va ko‘nikmalarini shakllanatirishdan iboratdir.
Ayni paytda mazkur klubga 40 nafar talabalar qiziqish bildirishdi hamda a’zoligiga qabul qilindi. Klub doimiy ravishda faoliyat yuritadi va talabalar, uyishmagan yoshlarni yuridik jihatdan qiynayotgan muammolariga yechim topishga yaqindan yordam beradi.
Bizni kuzatishda davom eting!