Termiz davlat universitetida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila muqaddas makon" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Unda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi rahbari M.Xafizova, psixolog N.Jo‘rayeva, Termiz Davlat universiteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha Kengash raisi D.Xamzayeva hamda fakultet xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchilari, talabalar ishtirok etishdi.
So’zga chiqqanlar ta’kidlashganidek, oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!