Bugun Termiz shahridagi Xotira maydoniga Surxondaryo viloyati hokimi, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatorida Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Marahimov hamda universitet jamoasi tashrif buyurishib, maydon uzra taralgan harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻydilar.
Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz yod etildi.
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylangan.
Bizni kuzatishda davom eting!