Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchilari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida Sherobod tumanidagi "Galaguzar" mahallasi Charog'on ko'chasida istiqomat qilib kelayotgan
Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi 100 yoshni qarshilagan Kenja bobo Ilamanov xonadoniga tashrif buyurishdi.
Suhbatda Kenja bobo Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Moldaviya shaharlarida bo'lib o'tgan xizmat faoliyatlari va urush voqealarini eslab, bugungi tinchlikni qadriga yetishimiz lozimligini alohida ta'kidladi. Urush faxriysiga alohida izzat–ikrom koʻrsatilib, uning jang maydonlaridagi jasoratlari va urushdan keyingi yillardagi mardonavor mehnatlari sharaflandi.

Bizni kuzatishda davom eting!