TerDUda hindistonlik professor Kodakkal Kannan Viswanathan ma'ruza qilmoqda 

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida hindistonlik professor Kodakkal Kannan Viswanathan janoblari talabalarga ma'ruza qilmoqda. 

U Janubiy Korea, Quvayt, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli Oliy o'quv yurtlarida ham faoliyat yuritib, talabalarga amaliy matematika va informatikadan zamonaviy bilim va saboq berib kelgan. 

Ayni paytda professor Termiz davlat universitetining Amaliy matematika va informatika kafedrasida tashqi o'rindoshlik asosida magistratura bosqichi talabalariga "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, "05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui", "01.01.03 - Hisoblash matematikasi va diskret matematika", shuningdek, stajyor va tayanch doktorant tadqiqotchilariga "Ilmiy pedagogik ish", "Xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan Jurnal va ilmiy konferensiyalar uchun maqolalar tayyorlash metodologiyasi" mavzularida ma'ruzalar o'qidi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil