Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti, tarix taʼlim yoʻnalishida tahsil oluvchi 521-guruh talabalari tarixiy oʻlkashunoslik fani ustozlari Ozodbek Eshmoʻminov va Mustafo Jumayev tashabbusi bilan "Oʻlka tarixini oʻrganishda arxivlarning oʻrni" mavzusida olgan nazariy bilimlarini Surxondaryo viloyat davlat arxivida amaliyotda qoʻlladi.
Arxiv direktori Dilfuza Joʻrayeva va xodimlari talabalarga arxivga hujjatlar qay tarribda kelishi, roʻyxatga olinishi, boʻlimlarga boʻlinishi, saqlanishi, saqlanish sharoitlari, elektron koʻrinishga oʻtkazish jarayonlari, arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi haqida ma'lumotlar berdi va bu jarayonlar amalda koʻrsatib berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!