Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchisi Sharipova Fazilat Dilmurod qizini Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengashda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidagi xatlar (yozishmalar) tarjimasining pragmatik tahlili” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Fazilat Dilmurod qizini ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!