Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “9-may-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "XOTIRA ABADIY— QADR MUQADDAS" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Unda Termiz davlat universiteti proffesor-o'qituvchilari, viloyat musiqali darma teatri aktyorlari, Termiz harbiy garnizoni harbiy orkestrlar jamoasi, tyutorlar, talabalar hamda marhum ustozlarning oila a’zolari, hamkasblari va shogirdlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'z olgan fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o'rinbosari H.Axmedov universitetda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan, marhum ustozlar professor X.Xoliyorov, J.Omonturdiyev, S.Mamatqulov, A.Omonturdiyev hamda dotsent R.Normurodovlarni yod etib, ularning go‘zal fazilatlari, ezgu niyat ila amalga oshirgan ishlarini e’tirof etdi.
Xotira kechasida Termiz harbiy garnizoni harbiy orkestrlar jamoasi hamda viloyat Musiqali drama teatri aktyorlarining bir-biridan ajoyib sahna ko'rinishlari hamda diltortar kuy-navolar barchaga birday manzur bo'ldi.
Bizni kuzatishda davom eting!