Qutlov

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Termiz davlat universiteti Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Rajabov O‘tkir Do‘snayevichni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.02.2022.I.18.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tibbiy xizmatlar bozorini takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan  dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan O‘tkir Do‘snayevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil