Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi Mamarajabov G`ayrat Abdulxakimovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha “O‘zbekistonning janubiy hududlarida milliy hunarmandchilikning rivojlanishi va uning natijalari (1991-2020 yillar misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan G'ayrat Mamarajabovni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!
Bizni kuzatishda davom eting!