"9-May-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Obid Shofiyev, Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi, talabalar urush yillarida mardlik va jasorat koʻrsatgan yurtdoshimiz Jumaqul bobo Qulliyevning xonadoniga borib, ehtirom koʻrsatishdi.
Jumaqul bobo Qulliyev umrining eng kuchga toʻlgan yillarini jang maydonlarida o’tkazishiga to’g’ri keldi. Davr mashaqqati, undagi qiyinchiliklar Jumaqul boboni ham chetlab o’tmadi. Ammo u yigitlik burchidan chekinmadi, aksincha Vatan himoyasida sobit turdi. Bugun yurtimizda Jumaqul bobo singari o’z vatani tinchligini ta’minlashga hissa qo’shganlarga alohida hurmat, e’zoz ko’rsatilmoqda.
Uchrashuvda Jumaqul bobo urush xotiralari, boshidan kechirgan mashaqqatlari haqida talabalarga so’zlab berar ekan, yoshlarni bugungi tinch va xotirjamlikning qadriga yetishlarini so’radi.
Bizni kuzatishda davom eting!