Uchrashuv soʻngida mehmonlar Termiz davlat universitetida talabalarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, jumladan, Axborot texnologiyalari fakultetida talabalar ixtiyoriga topshirilgan shinam va yorugʻ, zamonaviy Axborot resurs markazi filial kutubxonasidagi qulayliklarni alohida e'tirof etishdi. Ayni paytda mazkur kutubxona fondi 97 440 nomda darslik, oʻquv qoʻllanma, ilmiy va badiiy adabiyotlardan iborat.
Shuningdek, mehmonlar universitet hududida innovatsion texnopark, zamonaviy ilmiy tekshirish laboratoriya va magistrallar tayyorlov oʻquv amaliy-ilmiy markaziy binosining loyihasini koʻzdan kechirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!