Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuvda shoirning oila aʼzolari, universitet rektori, professor A.Maraximov, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda soʻz olgan universitet rektori A.Maraximov shoir ijodi, uning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni va yosh avlodni vatanparvar etib tarbiyalashda Usmon Azim asarlarining ahamiyati haqida soʻz yuritdi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda adib bugungi adabiy muhit, uning hayotimizda tutgan oʻrni, yutuq va kamchiliklari, oʻzbek adabiyotining oldidagi katta vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida shoir ijodiga katta qiziqish bildirgan talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda shoir va o’z ijod namunalaridan o’qib berishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!