“Teatr haftaligi”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy hafta “Teatr haftaligi” deb e’lon qilingan. Bugungi dayjestimiz aynan Respublika oliygohlari talabalar teatr jamoalari tomonidan tashkil etilgan spektakllar namoyishi haqida:

Termiz davlat universitetida Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” asari asosida Rasuljon Togʻayqulov rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan “Ojiza demang bizni” nomli komedik spektakl namoyish etildi.  

 Qarshi davlat universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan Nodar Dumbadzening “Hellados” spektakli tomoshasida ishtirok etdilar. 

Jizzax politexnika instituti xodimlari hamda talaba-yoshlari  Jizzax viloyati musiqali drama teatriga “Tanho yulduz” spektaklini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi. 

Farg’ona davlat universiteti “Nilufar” talabalar teatr studiyasi tomonidan “Ilon boshi” nomli sahna ko'rinishi taqdim etildi.

 Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi viloyat Musiqali va drama teatriga tashrif buyurib “Husrav va Shirin” nomli spektaklini tomosha qildilar

Jizzax davlat pedagogika universiteti “Parvoz” talaba teatr studiyasi tomonidan Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romani asosida sahnalashtirilgan spektakl taqdim etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil