Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi mudiri, dekan oʻrinbosari va professor–oʻqituvchilari hamkorligida “Ekologiya” yoʻnalishi talabalariga “Kimyoviy, fizikaviy ekologiya” fanidan “Surxondaryo viloyatining eng dolzarb ekologik muammolari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Ushbu davra suhbatida talabalar Surxondaryo viloyatidagi eng dolzarb ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora tadbirlari boʻyicha prezintatsiyalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Faol ishtirok etgan talabalar k.f.d., prof. Shahnoza Kuldasheva tomonidan tashakkurnoma va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!