Joriy yil 23–28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “OMOUS-2023” xalqaro ochiq matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Germaniya, Vengriya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, O‘zbekiston va Ozarbayjon kabi 20 davlatdan jami 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Yurtimizning 13 ta oliy o‘quv yurti qatorida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakultetidan 5 nafar talaba professor I.Allakov va PhD. J.Bozorov rahbarligida ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, olimpiadaning yakka tartibdagi va jamoaviy bahslarida matematika ta'lim yo`nalishi 3-bosqich talabalari Sirojiddin Beg`amov — "kumush", Hojiakbar Aminov — "bronza", 4-bosqich talabasi Abdullo Ro`ziyev — "bronza" medaliga sazovor bo`lishdi. Shuningdek, talabalarimiz O`rol Choriyev va Zayniddin Eshmamatov sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Olimpiada ishtirokchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!