Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan olimpiadaning universitet bosqichi o'tkazilib, unda 79 nafar o‘quvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.
Yozma ish va laboratoriya ishi bosqichlarida o‘tkazilgan ushbu olimpiadada fizika, kimyo va biologiya fanlaridan g‘oliblar saralab olindi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bian taqdirlanishdi.
Ushbu olimpiadani o‘tkazishdan maqsad, aniq va tabiiy fanlarga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni oliy ta’limga saralab olishdan iboratdir.
Bizni kuzatishda davom eting!