XALQARO LOYIHA AMALDA

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari bir necha yillardan buyon Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER (Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for students through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yish) nomli  qo‘shma loyihada ishtirok etib kelmoqda. 

Joriy yilning 28-aprel kuni Termiz  davlat universitetida loyiha doirasida navbatdagi trening seminar  bo‘lib o‘tdi. Unda TRIGGER loyihasining ishchi guruhi bir qator viloyat korxonalari, universitetning karyera va akseleratsiya markazi, o‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari hamda talabalar ishtirok etdilar. 

Seminarda loyiha koordinatori M.M.Xoshimxo‘jayeva, Xorijiy filologiya fakulteti dekani A.E.Xudoyqulovlar taqdimot qilishdi. Unda asosan bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari, ularning ishga joylashishlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarining ahamiyati, bu boradagi xalqaro va milliy tajribalar haqida  qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Seminarda ishtirok etgan viloyat moliya va iqtisodiyot boshqarmasi,  “Surxonsanoat qurilish” korxonasi, Surxondaryo viloyat savdo-sanoat palatasi, Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Surxondaryo viloyat filiali vakillari ham so‘zga chiqib, bugungi kunda bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari, korxonalarda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining borishi haqida ma’lumot berishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil