Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi vakili bilan hamkorlikda oʻtkazilgan seminar-treningda ana shu savolga batafsil javob berildi.
Seminar-treningda Respublika Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining JST bilan hamkorlik qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Yuldoshev, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi xodimlari N.Gʻozixonov va S.Ibodullayevlar Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishga oid jarayonlari va bosqichlari hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berdilar.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!