ULUG'IMSAN VATANIM

Termiz davlat universitetida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan 4-TTJ hovlisida “Ulug‘umsan vatanim“ nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida M.Yusuf ijodidan she’rxonlik kechasi, osh tayyorlash musobaqasi, moziyga nazar, “Yoshlar orolni asraydi” mavzusida rasmlar tanlovi, “Havaskor gitara ishqibozlari”, jonli karaoke va “5 tashabbus” doirasidagi shaxmat-shashka sport musobaqalari tashkil etildi. Tanlovlarda talabalar faol ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Tadbirning ijodiy kechasida fakultet “QVZ” jamoasining chiqishlari va “Ulug‘imsan vatanim” nomli konsert yig‘ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 36

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 51

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 35

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil