Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oliy ta'lim muassasalari rektorlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zbekiston va Polshada oliy ta'limni rivojlantirish strategiyalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan konferensiyada O‘zbekiston tomonidan 30 dan ortiq va Polsha tomonidan 20 dan ziyod oliy ta'lim muassasalari rektorlari va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Mazkur koferensiyani o'tkazishdan maqsad mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar aloqalar, turli ta'lim yo‘nalishlaridagi munosabatlarni ishonchli asoslantirish, fan, ta’lim, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida erishilgan yutuqlarni o‘zaro o‘rtoqlashishdan iborat.
Konferensiya mavzusi doirasida ma'ruzalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov ham nutq so’zladi. Jumladan, Termiz davlat universitetida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, yangiliklar va yutuqlar xususida to’xtalib o’tdi.
Bizni kuzatishda davom eting!