Termiz davlat universiteti Xotin - qizlar maslahat kengashi qoshida tashkil etilgan "Qizlarjon klubi" tashabbusi bilan Termiz shahrida joylashgan 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil olayotgan qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy bilimini mustahkamlash va ular bilan o'zaro fikr almashinish.
Shuningdek, tashrif davomida hozirgi kunda referendum targ'iboti bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so'z yuritildi.
Bizni kuzatishda davom eting!