Yangilanayotgan Konstitutsiuani yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish va ularga kengroq ma’lumot berish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot texnologiya fakultetida “Yangilanayotgan Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Axborot texnologiyalari fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi va O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi "Qizlar ovozi" klubi Surxondaryo viloyati bosh koordinatori ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqida keng tushunchalar berib, mamlakatimiz tinchligi, obodligi yo‘lida olib borilayotgan ulug‘vor ishlar haqida so'z yuritishdi va 30-aprel kuni bo'lib o'tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.
