Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida talaba yoshlar o’rtasida guruhlararo “Osh chempionati” tashkil etildi.
Chempionat davomida fakultetning 13 nafar talabasi milliy taom tayyorlab o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay’ati aniqlab bergan go’liblar universitet bosqichiga yo’llanma olishdi.
Shundan so’ng, osh talabalarga tarqatildi. Yakunda yoshlar uchun tashkil etilgan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat bag’ishladi.
Bizni kuzatishda davom eting!