Termiz davlat universitetida o'tkazilayotgan "Intelektual haftalik" doirasida Milliy libos va san'at fakulteti talaba yoshlari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda talabalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor stipendiyalar, talabalar ilmiy jamiyati haqida ma'lumot berildi.
Ilmiy-innovatsion loyihalar, “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni, startap loyihalar haqida master klass ham o'tildi. Talabalar mavzuga aloqador barcha savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!