Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni adabiyotga, kitob o‘qishgа qiziqishini oshirish va iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar hamkorligida "Ingliz tili va adabiyoti" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy filologiya fakultetining iste’dodli talabalari ishtirok etgan tadbirda inglizcha she’r va qo'shiqlar aytilib, jahon adiblari: Wilyam Shekspir, Lord Bayron, Jek London, Daniyel Defolarni hayot va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda ingliz adiblari ijodidan keltirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Bizni kuzatishda davom eting!