Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchilarga guvohnomalar topshirildi

Termiz davlat universitetida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining viloyatmizda faollik koʻrsatayotgan targʻibotchi aʼzolariga koʻkrak nishoni va aʼzolik guvohnomasini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzolari, Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi xodimlari, Termiz davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, talabalar hamda  sanʻat ahli ishtirok etishdi. 

Maʼnaviyat festivali doirasida oʻtkazilgan mazkur “Ziyolilar forumi”da joylardagi targʻibotchilarni jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, milliy maʼnaviyatimizni rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, badiiy ijod sohalarining maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotimizdagi oʻrni va rolini yanada oshirish borasida amalga  oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 37

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil