Erta tongdan alohida tayyorgaliklar asosida yo’lga otlangan “BILIM KARVONI” tadbirini tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitobga bo’lgan mehrini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bilim olishning, tafakkurni boyitishning eng muhim usuli — kitob oʻqishdir. Har qanday vosita katta ahamiyat qozonishi mumkin, biroq kitob oʻrnini egallay olmaydi. Shu bois yurtimizda yoshlarni kitobga jalb etish, buning uchun yetarli sharoit yaratishga boʻlgan eʼtibor har doimgidan ortib bormoqda.
Yoshlarning ilmiy va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Termiz davlat universitetining Yoshlar ittifoqi universitetning boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Boysun tumanida "Bilim karvoni" tadbiri tashkil etildi.
1-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu tadbirda universitetning uzoq yillik tajribaga ega ustozlari hamda eng faol, bilimli va iqtidorli talaba yoshlari o'z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda maktab o'quvchilariga turli xil fanlardan dars mashg'ulotlarini o'tib berishdi.
Tadbirning badiiy kechasida Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni e’tirof etib o’tdi.
"Bilim karvoni" orqali o'quvchilar o'zlari uchun qiziqarli bo’lgan fanlarning ochilmagan qirralarini kashf etishdi. Dars mashg’ulotlari o’quvchilar uchun haqiqqiy motivatsiya vazifasini o’tadi, deyish mumkil.
Tadbir doirasida tashkil etilgan konsert dasturi esa boysunlik yoshlarga bir olam quvonch bag’ishladi. O’ylaymizki, bu kun ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Bizni kuzatishda davom eting!