Yangi Konstitutsiya matni 65 foizga yangilanmoqda

Sariosiyo tumanidagi ʼʼHulkarʼʼ mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla raisi M.Boʻtayev va xotin-qizlar faoli B.Norova, Termiz davlat universiteti ʼʼAlgebra va geometriyaʼʼ kafedrasi mudiri S.Choriyeva hamkorligida mahalla aholisi bilan ʼʼYangi konstitutsiya — inson huquqlarining kafolatiʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi. 

Unda Konstitutsiyaning oʻzgarayotgan moddalari  haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.

Yangi konstitutsiyada moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpaygani maʼlumot sifatida keltirildi.  Shuningdek, 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual oʻzgarish kiritilayotgani taʼkidlanib, bu bilan Konstitutsiya matni 65 foizga yangilandi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha xalq saylovi – referendum 30-aprelga belgilangan.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil