Sariosiyo tumanidagi "Nodirabegim" mahallasida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida mahalla raisi Z.Azizov, 56-maktab direktori F.Musayab, Termiz davlat universiteti "Umumiy fizika" kafedrasi mudiri M.Tursunov, professor-o‘qituvchilar B.Nazarov hamda N.Chorshanbiyeva, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Unda so‘z olganlar Yangilanayotgan konstitutsiya xalqimizning huquq va manfaatlari, erkinliklarining himoyasini har tomonlama ta’minlashini ta’kidlashdi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!