O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" qarori keyingi paytlarda yurtimizda ichki turizmga katta e’tibor qartilayotganligidan dalolat beradi.
Ichki turizmni rivojlantirish, xalqimizni moddiy-madaniy merosimiz bo'lgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrifini amalga oshirish maqsadida Termiz davlat universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan oliygohda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar Xorazm diyorining turistik obyektlarida 2 kunlik safarda boʻlishdi.
Sayohat davomida Xiva shahrining Ichan qa'la yodgorlik majmuidagi me'moriy yodgorliklar, muzeylar va Kaltaminor kabi inshootlarni sayohat qilishdi. Haqiqiy ma'noda Xiva shahri ochiq osmon ostidagi muzey ekanligiga guvoh bo'lishdi.