Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi Xolmanova Feruza Uralovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanish tarixi (Surxondaryo viloyati misolida, 1991-2020 yy)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Xolmanova Feruza Uralovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!