Termiz davlat universitetida Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi matematika instituti direktori, akademik Zarullo Xusenovich Rahmonov Fizika-matematika fakulteti 4-kurs matematika ta’lim yo‘nalishi talabalariga "Tub sonlar qatnashgan ba’zi additiv masalalarning yechimlari" mavzusida ma’ruza qildi.
Xuddi shunday 1-kurs matematika mutaxassisligi magistrantlariga ham "Kichik intervallardagi tub sonlar qatnashgan additiv masalalar" mavzusida darslar o’tildi.
Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarbligi haqida batafsil tushunchalar bermoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!