Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi rektorat majlislar zalida o'tkazildi. 

Kengash avvalida muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplom attestatlari tantanali ravishda topshirildi.

Kun tartibida universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2022-2023-o‘quv yili kuzgi semestr natijalari, yakuniy nazoratlari va kurs ishlarining tahlili, Kuzatuv Kengashining 2023-yil 14-martdagi 4-sonli qarorining ijrosi, Yoshlar Ittifoqining 2022-yilgi faoliyati hisoboti va 2023-yilgi rejalari va kasaba uyushmasining 2022-yilgi faoliyati tahlili, istiqboldagi vazifalar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash aʼzolari universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, monografiya, risola hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etish uchun tasdiqlab berishdi.

Shuningdek, darslik, monografiya, o‘quv qo‘llanmalari nashr etilganlar ham qutlandi.

Yakunda kun tartibiga qo‘yilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi bo‘yicha qarorlar chiqarildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil