Bugun, 6-aprel kuni Termiz davlat universiteti Xotin qizlar kengashi raisi D.Xamzayeva, Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin qizlar kengashi raisi U.Xaydarovadan iborat Respublika ishchi guruhi talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutiga keldi.
Dastlab ishchi guruh vakillari institut bo‘ylab xotin-qizlarni ilm olishlari, sport bilan shug'ullanishlari va hunar o'rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shundan so'ng, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida bo‘lib, mavjud qulayliklar, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganishdi. Yakunda amalga oshirilgan ishlar e'tirof etilib, ayrim muammolar yuzasidan takliflar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!