“Mening Konstitutsiyam – mening kelajagim!”

Xabaringiz bor, shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. 

Ulardan biri Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchilari A.Umirov, B.Qodirov, J.Hayitov, Z.Nurmamatov va N.Muhammadiyevalar tomonidan Termiz shahridagi 11-umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi.

“Mening Konstitutsiyam – mening kelajagim!” shiori ostidagi davra suhbatida  ishtirokchilarga yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil