Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov va Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan Termiz tumanidagi “Yangi ariq” MFYda joylashgan harbiy qismda uchrashuv tashkil etildi.
Unda ayni paytda yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayon 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendum va Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida soʻz bordi.
Eʼtirof etish kerakki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan har bir yangi norma, avvalambor, inson va uning huquqlarini kafolatlashga qaratilgan.
Tantanali tadbirdan soʻng mehmonlar “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning bir kunlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bizni kuzatishda davom eting!